Eng yaxshi loyiha uchun Xalqaro professional tanlov - 2021

     Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqotchilar va dizaynerlar uyushmasi tomonidan Eng yaxshi loyiha uchun Xalqaro professional tanlov - 2021” o`tkazilishi e`lon qilingan.

      Uyushma mazkur tanlovda ishtirok etish uchun Uzbekistan oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar va doktarantlarni taklif etgan.

      Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etiladigan loyihalar 2017-yildan keyin qurilgan (amalga oshirilgan ) obyektlarga tegishli bo`lishi kerak. Ayniqsa,  alohida  nominatsiya  doirasida yosh mutaxassislar ( 30 yoshdan katta bo`lmagan) talabalar, magistrantlar va doktorantlar tomonidan yaratilgan va amalga oshirilgan loyihalar qayd etiladi.

 Xalqaro professional tanlov g`oliblarini taqdirlash marosimi 2021-yil noyabr oyida Moskva shahrida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Tanlov g`oliblari loyihalarning taqdimot materiallari  Uyushma veb saytiga joylanadi va federal okruglaridagi ko`rgazmalarga taqdim etiladi. Tanlov natijalari bo`yicha barcha g`olib loyihalar tavsifini o`z ichiga olgan katalog shakllantiriladi.

  Tanlovda ishtirok etish bepul.

Ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish muddati: 2021-yil 11-oktyabr.

Arizalar konkurs@nopriz.ru  elektron manzili orqali qabul qilinadi.

Tanlov bilan bog`liq bo`lgan batafsil ma`lumot bilan https://konkurs.nopriz.ru veb –sahifasi orqali tanishish mumkin.